Turkiya, Bolgariya va Ruminiya birgalikda Qora dengizni minalardan tozalaydi
Istanbulda uch davlat «Qora dengizni minalardan tozalash bo‘yicha harbiy-dengiz bo‘linmasi»ni yaratish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Shartnoma Ukraina portlaridan yuk tashishga foyda keltiradi.

Foto: AP
Turkiya, Bolgariya va Ruminiya birgalikda Qora dengizni minalardan tozalash niyatida. Tegishli deklaratsiya Istanbulda ushbu uch davlat vakillari tomonidan imzolandi, dedi Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler 11 yanvar, payshanba kuni. Shu maqsadda «Qora dengizni minalardan tozalash bo‘yicha harbiy-dengiz bo‘linmasi» tuziladi, unga davlatlar rotatsion rejimda qo‘mondonlik qiladi.
Ukraina qirg‘oqlari yaqinida o‘rnatilgan ba’zi minalar mahkamlagichlaridan chiqib ketgan hamda oqim bilan Ruminiya, Bolgariya va Turkiyaning hududiy suvlariga olib ketilgan. Minalar yo‘lovchi va savdo kemalarining xavfsizligiga tahdid soladi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, dekabr oyi oxirida Panama bayrog‘i ostida Dunay portlaridan biridan don bilan suzib kelayotgan kema minada portlab ketgan. Oqibatda unda yong‘in kelib chiqqan va ikki dengizchi jarohatlangan.
Shu bois yangi kelishuv Ukraina portlaridan g‘alla va boshqa yuklarni tashishda ham foyda keltiradi. 2023 yil iyul oyida Rossiya g‘alla bo‘yicha kelishuvdan chiqqanidan beri Ukraina yuklarini olib o‘tayotgan savdo kemalari Ruminiya va Bolgariya qirg‘oqlari bo‘ylab suzyapti. O‘shandan beri Rossiya muntazam ravishda Qora dengiz va Dunaydagi Ukraina portlariga hujum qilib keladi.
Ukraina Qora dengiz orqali yuk tashishni tikladi
Ukraina portlaridan yuk eksporti 2022 yil fevralida Rossiya urushidan oldingi darajaga yetdi, dedi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan telemarafonda UQK Harbiy-dengiz kuchlari spikeri Dmitriy Pletenchuk. Uning so‘zlariga ko‘ra, bortida 10 million tonnadan ortiq yuk bo‘lgan 500 dan ortiq kemalar allaqachon dengiz yo‘lagidan o‘tgan. Yuklarning asosiy qismi Ukraina donidir.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:15
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
Mavzuga oid

22:17 / 10.04.2025
Qora dengiz sohillaridan 100 dan ortiq o‘lik delfin topildi

11:40 / 05.04.2025
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi

21:23 / 03.04.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarani minalashtiradi

10:30 / 20.01.2025