FT: YeK Kiyevga yordamni kelishib olish uchun Vengriyaga yonbosishga tayyor
YeI 2025 yilda Ukrainaga to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yish variantini ko‘rib chiqmoqda, bu Budapeshtga ularni «yarim yo‘lda» sekinlashtirishga imkon beradi», dedi manbalar.
Yevrokomissiya Vengriyaning Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam paketini qabul qilish uchun bir qancha talablarini bajarishga tayyor. Bu haqda 11 yanvar kuni Financial Times nashri nomi oshkor etilmagan yevropalik yuqori martabali amaldorlarga tayanib xabar berdi.
2023 yil dekabr oyida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaga makromoliyaviy yordam paketiga veto qo‘ydi. O‘shandan beri Bryussel bu blokadani olib tashlash yo‘lini topishga harakat qilmoqda. Variantlardan biri - Budapeshtga 2025 yilda Ukrainaga makroiqtisodiy yordam paketidan to‘lovlarni «yarim yo‘lda» to‘xtatish imkoniyatini berishdir, dedi FT’ga munozaralardan xabardor uch manba.
2025 yilda Ukrainaga to‘lovlarni yangi baholashdan o‘tkazish imkoniyati
Yevropa Ittifoqi kelasi yili Ukrainaga mablag‘ ajratish masalasini qayta ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, Kiyev hali ham bu yordamga muhtojmi yoki yo‘qmi va uni olish shartlarini bajaryaptimi, degan baho beriladi. Bu Vengriyaga to‘lovlarni davom ettirishga veto qo‘yish imkonini yaratadi, deya xabar berdi nashr. «Komissiya, shuningdek, yordamning yillik auditini o‘tkazishga va «favqulodda tormoz» qoidasini kiritishga tayyor, unga ko‘ra, har qanday davlat Ukrainaga to‘lovlar bo‘yicha jiddiy xavotirlarni YeI sammitida muhokama qilishi mumkin. Biroq, bu Vengriyaga moliyalashtirishga veto qo‘yish uchun qo‘shimcha imkoniyat bermaydi», deyiladi maqolada.
Bu imtiyozlar Viktor Orbanga vetosini olib tashlash uchun yetarli bo‘ladimi, degan savolga Vengriyaning yuqori martabali amaldori shunday javob berdi: «Biz hozircha aniq ayta olmaymiz, lekin menimcha, shunday bo‘ladi».
Nizomlarni qayta ko‘rib chiqish g‘oyasi birinchi marta oktyabr oyida Vengriya tomonidan taklif qilingan, biroq boshqa Yevropa Ittifoqi rahbarlari bu harakatga qarshi chiqqan, chunki bu Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishonchdan mahrum qiladi, deb eslatadi FT.
«Kiyev xarajatlarni moliyalashtirish uchun pul chiqarish zaruratidan qochish maqsadida Yevropa Ittifoqi mablag‘lari Ukrainaga mart oyidan kechikmay yetib kelishi lozimligini ta’kidlamoqda», - deya ta’kidlaydi jurnalistlar.
Mavzuga oid
16:16 / 08.11.2024
Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan
11:10 / 29.10.2024
YeK KXDR harbiylarining RFga yuborilishini jiddiy eskalatsiya deb atadi
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:30 / 23.10.2024