Iste’molçilarning içimlik suv tölovidan qarzi 938,7 milliard sömni taşkil etmoqda. Şundan 757,3 milliard söm aholi, 181,4 milliard söm yuridik şaxslar hissasiga töğri keladi. Bu haqda «Özsuvta’minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lumot berdi.
Ta’kidlanişiça, şu kunga qadar qarzdorlikni qisqartiriş böyiça sudlarga jami 33,4 mingta da’vo arizasi kiritilgan. Şu bilan birga, sud qarori qabul qilingan 16,2 ming ijro varaqasi Majburiy ijro byurosiga taqdim etilib, 4,7 mingtasi böyiça 16,2 milliard sömlik mablağ undirilgan.
Qayd etilişiça, iste’molçilar içimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati uçun har oyning 10-sanasiga qadar oldindan 100 foiz haq tölaşi lozim.
Şuningdek, «Özsuvta’minot» AJ va hududiy korxonalari tomonidan ötgan davr mobaynida 76 mingga yaqin reyd tadbiri ötkazilgan. Uşbu reydlar davomida içimlik va oqova suv tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş böyiça 12,7 mingta qoidabuzarlik aniqlangan bölib, jami 80,6 milliard sömlik zarar yetkazilgan.
8,7 ming holatda iste’molçilar tomonidan suv ölçagiçdan foydalaniş qoidalariga rioya qilinmagan bölib, 34,9 milliard söm zarar yetkazilgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, aniqlangan qoidabuzarliklarga nisbatan qonuniy çoralar körilgan, 5,2 ming iste’molçi tegişli tartibda tarmoqdan uzilgan.

















