Oxirgi 10-15 yilda Rossiya propagandasining muhim ğoya va maqsadlaridan biri – “demokratiya inqirozi” haqida tinmay gapiriş, buni asoslaş, odamlarga şu fikrni singdiriş bölib qoldi. Rus mediasi ta’sirida qolayotgan Özbekistonda ham bunga işonuvçilar köpayib boryapti. Aslida-çi, demokratiya atrofidagi hozirgi global tendensiyalar qanaqa?

Ukraina uruşi boşlanganidan keyin, Rossiya va kollektiv ğarb nafaqat bilvosita uruş maydonida, balki ekzistensial töqnaşuvga ham bormoqda.

Rossiyaning demokratik qadriyatlarga qarşi kampaniyasi bir qança maqsadlarni közlaydi.

Birinçidan, Rossiya hokimiyati töliq va tizimli avtoritarizmga ötib böldi. Yaqin ötmişda post-sovet hududining eng demokratik davlatlaridan biri bölgan Rossiya, öz jamoatçiligini demokratik jarayonlardan sovutiş va Kreml hokimiyatini legitimlaştiriş uçun ham demokratiya ğoyalariga qarşi kuraş boşladi.

Ikkinçi sabab – bu ğarbga qarşi kuraşiş uçun, tarixan ğarb bilan boğlangan ğoyalar va mafkuralar bilan, aniqroği, liberalizm bilan kuraşiş maqsad qilindi. Odatda, sivilizatsiya darajasida kuraşayotgan taraflar, qarama-qarşi tarafning ğoyalarini, mafkurasini qadrsizlaşni – öz ğalabasining şartlaridan biri sifatida köradi.

Butun Markaziy Osiyo davlatlari qatori, Özbekiston ham haliga qadar Rossiyaning axborot hududida qolmoqda. Rossiya OAVlari tomonidan tarqatilayotgan har qanday qaraşlar, istasak-istamasak, Özbekiston jamoatçilik fikriga kirib kelaveradi, çuqurlaşadi va standartlaşadi. Şuning uçun ham, bugun hattoki liberal qaraşdagi intellektuallar ongida ham “demokratiya inqirozi” haqidagi qaraşlar, farazlar va gumonlar ança örçigan.

Bugun AQŞ geosiyosiyo inqirozda. Dunyoda AQŞ boşçiligidagi kollektiv ğarbga qarşi geosiyosiy “isyon” boşlangan. Bu isyonda boş rollarda – Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Eron, Turkiya, arab davlatlari va boşqalar bor. Ayni mana şu fonda, ğarb demokratiyalarining özida içki, strukturali ziddiyatlar va muammolar ham nisbatan kuçaygan.

Misol uçun, AQŞdagi ikki asosiy partiya örtasidagi kuraş, mafkuraviy-siyosiy darajadan oşib, hattoki davlatçilikni bloklaş darajasidagi keskinliklarga borib yetmoqda. Ğarbiy Yevropa demokratiyalarida esa, ultra-önglar va ultra-söllar boş kötarmoqda. Ayniqsa, ultra-önglar şu paytgaça şakllangan siyosiy konsensuslarni butunlay qayta kurib çiqiş niyatida.

Xöş, bu degani, demokratik qadriyatlar va mexanizmlarning yaroqsizlanganini anglatadimi? Ğarb inqirozi zamirida siyosiy plyuralizm turibdimi?