Vatanni va xalqning tinch hayotini himoya qilish uchun halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga xodimning oxirgi egallab turgan lavozim maoshi bo‘yicha va maxsus unvoni maoshi bo‘yicha ish haqining 150 baravari miqdorida nafaqa to‘lanadi.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga – 100 baravar miqdorda.
Tan jarohati olinganda xodimga quyidagi miqdorlarda nafaqa to‘lanadi:
- og‘ir tan jarohati olinganda – lavozim maoshi bo‘yicha 50 baravari miqdorida;
• o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda – 20 baravari miqdorida. - Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida;
• Davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida;
• Davlat bojxona xizmati organi xodimlarining farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida;
• Davlat bojxona xizmati organi xodimlariga uy-joy ijarasi uchun har oylik pulli kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risida.











