Energetika vazirligi huzuridagi “Özenergoinspeksiya” tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida joylaşgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida ötkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi.
Vazirlik xabariga köra, Boyovut tumanida joylaşgan “B.” MÇJga qaraşli AGTKŞga tortilgan gaz quvuri közdan keçirilganida, gaz hisoblagiçdan oldin yer ostidan şoxobça hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina şlang orqali tabiiy gazni sotişga yönaltirilgan holda undan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.
Buning natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga köra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 62 mlrd 488 mln sömni taşkil etgan.
Qoidabuzar iste’molçiga nisbatan belgilangan tartibda çoralar köriş uçun tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.

















