Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim muassasalarida ayrim mahsulotlar iste’moli kamaytiriladi
Bolalar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta’m va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxati tasdiqlanadi va ularning iste’moli kamaytiriladi.
O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash mo‘ljallanmoqda. Bunda, bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
Ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta’m va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxati tasdiqlanadi va ularning iste’moli kamaytiriladi.
Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiyena qoidalari bo‘yicha tavsiyalar to‘plami yaratiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
17:09 / 02.07.2026