Bugun, 16 yanvar kuni soat 13:20larda 4R-47 Urgut–Bulunğur avtomobil yölining Urgut tumani Mergança mahallasidan ötgan qismida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Viloyat YHXB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, kiçik yuk maşinasi bilan töqnaşgan Isuzu rusumli avtobus yöl çetiga ağdarilib ketgan.

Oqibatda, avtobus haydovçisi va uning yordamçisi tan jarohatlari olib, şifoxonaga murojaat qilgan. Muolajadan söng ularga uyiga javob berilgan.
Ma’lumot uçun, 4R-47 Urgut–Bulunğur avtomobil yölining Urgut tumani Mergança mahallasidan ötgan qismida tez-tez YTHlar böladi. Ular orasida, afsuski, odam ölimi bilan boğliq avariyalar ham bor.
Noyabr oyida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yölovçi avtobus ağdarilib ketgan, oqibatda bir kişi halok bölgan, 17 kişi tan jarohatlari olgandi.
2022 yil noyabrida Andijonda röy bergan avtobus va yuk maşinasi töqnaşuvida esa 6 kişi halok bölgan, yana köplab odamlar jarohatlangan edi.
Şuningdek, ötgan oyda Qozoğistonda içida 32 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan avtobus ağdarilib ketgandi.












