26 noyabr kuni ertalab soat 8:10 larda A-373 Toşkent-Öş-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oraliğida «Isuzu» avtobusi va yuk maşinasi örtasida töqnaşuv sodir bölgan. Soğliqni saqlaş vazirligi hududiy boşqarmasi ma’lumotiga köra, töqnaşuv oqibatida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgan, şulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan.  

38 nafar yölovçi turli jarohatlar bilan Böston tuman tibbiyot birlaşmasi şifoxonasiga olib kelingan. Ularning holati zudlik bilan vazirlik nazoratiga olindi.

Bemorlardan 3 nafarida uşbu ixtisoslaşgan brigadalar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajarildi. Barça jabrlanganlar birlamçi tibbiy körikdan ötkazilib, jarohat oğirligiga köra, 17 nafari Böstondan Şahrixondagi qöşma şikastlanişlar markaziga, 10 nafari Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yetkazildi.  

Ayni paytda ularga Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori D.Tölaganov boşçiligida voqea joyiga tezkor yetib borgan brigadalar tomonidan tegişli davolaş standartlari asosida çuqurlaştirilgan tibbiy yordam körsatilmoqda.