Ukrainada urushning 692-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Voronejda dron parchalari turar joy ustiga tushdi. 11 yoshli bola jabrlangan. Hujumda Ukraina QK ayblangan, ukrain tomoni izoh bermagan.
- Oliy rada harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestrini tuzish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Unga ko‘ra, 17 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlarning ma’lumotlari ularning roziligisiz reyestrda avtomatik paydo bo‘ladi.
- Rosgvardiya polkovnigi Sergey Volkov Qrim ko‘prigi dronlardan yetarlicha himoyalanmagani ishi bo‘yicha olti yilga qamaldi. U o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.
- Bryussel YeI mamlakatlari Ukrainaga qancha qurol yetkazib berganini tekshiradi. Avvalroq Germaniya kansleri ayrim ittifoqchilar tomonidan Kiyevga yetarlicha yordam ko‘rsatilmayotganini aytgandi.
- Finlandiya fevralda ham Rossiya bilan chegaralarini ochmoqchi emas.
Voronejga dronlar hujumi
RF mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 16 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Voronej oblasti ustida ukrainlarning sakkizta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirgan. Keyinroq region gubernatori Aleksandr Gusev dronlardan birining parchasi Voronej shahri Teplichnaya ko‘chasidagi kvartiraga tushgani va 11 yoshli qizni jarohatlaganini ma’lum qildi. Bir qancha xususiy va ikkita ko‘p kvartirali uylarda ham derazalar sinib ketgan, ulardandan birining balkonida yong‘in chiqqan (olov tezda o‘chirilgan).
Shahar meri Vadim Kstenin «operativ qaror qabul qilish» uchun favqulodda rejimi e’lon qilgan. U qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritilmagan.

Yevgeniy Biyatov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA
Donetskda Putin uchun imzo yig‘ish jarayoni
























