2023 yilda qariyb 4,8 mln nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari bo‘yicha qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 4 mln kishi. 

Shuningdek, xorijga safar maqsadlari sifatida dam olish va o‘qish ko‘rsatilgan 661 ming kishi hamda 36,6 ming kishi ham chet elga chiqqan.

Bundan tashqari, 37,4 ming kishi davolanish uchun, 14 ming kishi xizmat yuzasidan chet elga safar qilgan.