Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada giyohvand modda sotayotganda ushlangan ikki yigit 10 yilga qamaldi
Yigitlar tanish ayolga 500 gramm gashishni 5 ming dollarga sotayotganda ushlangan.
Farg‘ona tumanida giyohvand modda sotayotganda qo‘lga olingan ikki yigit 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshda bo‘lgan ikki yigit tanish ayol bilan Telegram messenjeri orqali gaplashib, giyohvandlik moddasi borligini, uni sotishlarini aytgan.
Yigitlar ayol bilan tumanning Shifokor mahallasida ko‘rishib, unga 500 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 5 000 dollarga sotayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushlangan.
Bundan tashqari, shartli xaridor 8 dona “Regapen 300 mg” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini yigitlarning biridan olganini bildirib, o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ikki sudlanuvchiga o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
09:45 / 12.05.2026
“Ipak qurti boqishning gashti bor” – farg‘onalik pillachi
12:37 / 07.03.2026
Farg‘ona tumani soliqchisi 20 ming dollar bilan ushlandi
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
09:16 / 30.09.2025