Yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş borasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari belgilandi.

Ular: 

– yaşirin iqtisodiyot kölamini keskin qisqartiriş orqali mamlakatda soğlom raqobat va xususiy biznesni rivojlantiriş;
– yaşirin iqtisodiyot şakllanişining turli sxemalari, xufiyona işlab çiqariş va noqonuniy moliyaviy oqimlarga barham beriş orqali iqtisodiy barqarorlikni va aholi farovonligini ta’minlaş;
– iqtisodiyotdagi xufiyona aylanmalarga qarşi kuraşuvçi davlat organlari faoliyatining aniq yönalişlarini belgilaş orqali mas’uliyati va javobgarligini oşiriş;
– keng jamoatçilikda yaşirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini şakllantiriş.

Asosiy maqsad:

– qonunga itoatkor tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, yaşirin iqtisodiyotni repressiv yöl bilan emas, balki ularni rağbatlantiriş mexanizmlari va amaliy kömak beriş orqali kölamini kamaytiriş;
– jazolov çoralarini kuçaytirişdan voz keçgan holda insofli tadbirkorni himoya qiliş, ularga haqiqiy kömakçi böliş hamda biznes rivojiga tösiq böluvçi korrupsion omillarga barham beriş hisoblanadi.