O‘zbekistonda “yashil energiya” quvvati 2030 yilga qadar 27 gigavattga yetkaziladi – Senat
Bu har yili 25 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 mln tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

Senatorlar tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, hozirda mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi qariyb 10 foizni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga yetkazib, elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmida “yashil energiya” ulushini kamida 40 foizga olib chiqish maqsad qilingan. Bu har yili 25 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 mln tonnaga qisqartirish imkonini beradi.
Belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun amaldagi qonunlarda ayrim normalarni qayta ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Mazkur zaruratga asosan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga “yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritishga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga taalluqli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga oshirilishi nazarda tutilyapti.
Shuningdek, qonun bilan Soliq kodeksiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlarini foyda solig‘idan ozod qilishga doir o‘zgartish kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Oldinroq respublikaning oltita hududda 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilib, tarmoqqa ulangandi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Jahon | 18:49
-
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 18:43
-
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi
Iqtisodiyot | 18:41
-
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi
Jamiyat | 18:37
Mavzuga oid

10:59 / 11.01.2025
Muvaffaqiyat siri: Norvegiya elektromobillarga o‘tishni qanday uddaladi?

17:05 / 20.10.2024
Energetika vazirligi joriy yilda ishlab chiqarilgan «yashil energiya» miqdori haqida ma’lumot berdi

23:44 / 19.10.2024
“Yashil” elektr stansiyalar orqali atmosferaga yiliga 21 mln tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi - Energetika vazirligi

23:06 / 29.02.2024