Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lish talabi quyidagi ta’lim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
  • jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;
  • sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;
  • ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
  • alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.

Joriy yilning 16 yanvaridan boshlab menejerlik kursida ta’lim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi. 

Buning uchun nomzodlar maxsus portal (manager.uzedu.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, kurslarda ishtirok etish uchun ariza yuborishi talab etiladi.  

Menejerlik kurslari 2024 yil 1 fevraldan boshlanadi.