Xabar qilinishicha, Turkmaniston va O‘zbekiston ekspertlarining so‘nggi uchrashuvi chog‘ida xalqaro yuk tashish jarayonida undiriladigan to‘lov va yig‘imlarni optimallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
"Uchrashuv chog‘ida Turkmaniston va O‘zbekiston hududlarida xalqaro yuk tashish ishtirokchilari uchun viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasini imzolashni tezlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqildi", - deyiladi portalda.
Turkmaniston tomoni o‘zbekistonlik hamkasblarining E-permit tizimiga o‘tish tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Bu tizim ruxsatnoma blankalarini onlayn formatda almashtirish imkonini beradi.














