O‘zbekiston | 14:00 / 20.01.2024
2064
2 daqiqa o‘qiladi

Tokioda Yaponiyadagi vatandosh ayollar maslahat kengashi tashkil etildi

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida faol, olima va tadbirkor vatandosh xotin-qizlar ishtirokida gibrid shaklida uchrashuv o‘tkazilib, diplomatik vakolatxona qoshida "Yaponiyadagi vatandosh ayollar maslahat kengashi" tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Tadbir boshida O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli sohalarda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish va rag‘batlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Tadbir qatnashchilariga xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh xotin-qizlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga zarur axborot-maslahat va huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikda ishlar tashkil qilish lozimligi bildirildi.

Tadbir davomida Yaponiyadagi vatandosh ayollar maslahat kengashi raisi lavozimiga Tokio chet tillar universiteti dotsenti, yurist, Tokio huquq-tartibot idoralarida og‘ir ahvolga tushgan, huquqbuzarlik sodir qilgan vatandoshlarga yuridik yordam va tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Mohinur Turdioxunova tayinlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish va istiqboldagi rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi hamda yurtimizdagi mutasaddi idoralar bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

E`lonlar