Jahon moliya bozorlari dunyoning bir qator markaziy banklari tomonidan olib borilgan «Miqdoriy qisqarish» siyosati ta’sirini turli ravishda boshlaridan o‘tkazishmoqda. Masalan, AQShning Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkalarini bir necha yig‘ilishlardan beri o‘zining tarixiy cho‘qqisida o‘zgarishsiz ushlab turgan bo‘lsa ham, mamlakat fond bozori «Qisqartirish siyosati» e’lonidan so‘ng yo‘qotgan pozitsiyasini butunlay tikladi. Ya’ni haftaning oxirgi kunidagi savdolarda S&P500 va NASDAQ indekslari tarixiy cho‘qqisini yangiladi va qarshilik darajasini tepaga buzib o‘tdi. Endilikda, fond bozori ishtirokchilari aksiyalarning o‘sish sikli ustuvor bo‘lishiga umid qilmoqda va bundan tashqari FZT foiz stavkasini tushirish masalasini ko‘rib chiqishni boshlashi prognoz qilinmoqda.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 15 yanvardan 19 yanvargacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.   

AQSh top fond bozorlari indeksi:

·       S&P500: +1,17 foiz (yil boshidan +1,47 foiz);

·       NASDAQ: +2,86 foiz (yil boshidan +2,90 foiz);

·       DJI: +0,72 foiz (yil boshidan +0,46 foiz).

AQSh fond bozori indekslari so‘nggi hafta sezilarli darajada ko‘tarildi. NASDAQ hafta davomida 481 punktga, Dow Jones 271 punktga S&P500 indeksi esa 56 punktga oshdi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

·       Oltin: -0,95 foiz (yil boshidan  -1,62 foiz);

·       Kumush: -2,47 foiz (yil boshidan  -4,92 foiz);

·       Alyuminiy: -1,97 foiz (yil boshidan -9,04 foiz);

·       Mis: +1,48 foiz (yil boshidan -2, 37 foiz).

Hafta davomida oltin 20 dollarga, alyuminiy 44 dollarga, kumush esa 57 sentga arzonlashdi. Faqatgina mis narxi 6 sentga ko‘tarildi.

Neft

·       WTI: +0,89 foiz (yil boshidan +2,94 foiz);

·       BRENT: +0,38 foiz (yil boshidan +2,09 foiz).

Neft joriy hafta ham fletda harakatlanishni davom ettirdi, ammo oldingi haftadagi qizil shamchiroqdan so‘ng bu hafta WTI 65 sentga, BRENT esa 30 sentga qimmatlashdi.