Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Darslarda foydalanish uchun har yili 50 tagacha o‘quv-uslubiy film ishlab chiqariladi
Hukumat qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Har yili 30 yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari ro‘yxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.
Bunda, filmlarning mavzulari o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi.
Filmlarni joylashtirish uchun 2024 yil 1 aprelgacha o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.
Mavzuga oid
19:04 / 16.04.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilariga pulga 3D formatda qo‘rqinchli film namoyish qilindi
08:05 / 01.04.2026
Infografika: tarixdagi eng kassabop top-20 film
14:10 / 18.03.2026
Rossiyada davlat ko‘magida olingan filmlarning 88 foizi prokatda o‘zini oqlamadi
12:45 / 16.03.2026