Unga ko‘ra, HBSC tekshiruvi o‘tkaziladi. Unda maktab yoshidagi bolalar orasida salomatlik sohasida fe’l-atvor o‘rganiladi.

Shuningdek, GYTS tekshiruvi tashkillashtiriladi. U maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganligini o‘rganishga qaratilgan.

Bundan tashqari, STEPS tekshiruvi mo‘ljallangan. U katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganishga aloqador.

Anemiya (temir moddasi, V12 vitamini yetishmasligi), yod yetishmasligi, foliy kislotasi va A vitamini yetishmasligining tarqalganligi va sabablarini o‘rganish ham rejalashtirilmoqda.

Aholi tomonidan tuz iste’mol qilish darajasini o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.