Reyd vaqtida işçilar ötirgan holatda bir safga tizilib yurişga majbur qilingani aks etgan kadrlar avvaliga «Russkaya obşçina Yekaterinburga» telegram-kanalida, keyin esa Itʼs My City naşrida e’lon qilindi.
Itʼs My City naşri yozişiça, Azina köçasidagi quriliş maydonida ötkazilgan reyd davomida şu yerda işlovçi jami 150 kişining hujjatlari tekşirilgan. Şundan sakkiz kişini deportatsiya qilişga qaror qilişgan, yana tört kişiga harbiy komissariatga çaqiruv qoğozi berilgan - ular Rossiya pasportini olganiga qaramay, hali hisobga turmagani ma’lum bölgan.
Quriliş maydoni işçilaridan 40 nafarga yaqini Qirğiziston fuqarolari bölgan, şundan uç nafari işçilar ördaksimon yurişga majburlangani aks etgan tasvirlarda köriniş bergan. Respublika TIV alohida «axborot xabari» e’lon qilib, unda Boş konsullik Rossiyaning nazorat organlari «huquq-tartibot organlari mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvçi usullardan foydalanişining qonuniyligini tekşirişi» uçun tegişli çoralarni körayotgani bildirilgan.
TIV xabarida qayd etilişiça, videoda aks etgan qirğizistonliklarning özi huquq-tartibot organlarining harakatlari ustidan şikoyat yozişni istamagan.
Içki işlar vazirligining Sverdlovsk oblasti böyiça boşqarmasi matbuot xizmati Valeriy Gorelix quriliş maydonlarida reyd ötkazilganini tasdiqlab, «joriy yilda bunday işlar regionning barça munitsipalitetlarida davom ettirilişi»ni ta’kidlagan.
- Rossiyada işlovçi mehnat migrantlari orasida Qirğiziston fuqarolari köpçilikni taşkil etadi. 2023 yil sentabrida «Rossiyskaya gazeta» mamlakatda Qirğizistondan kelgan 1 milliondan ortiq mehnat migrantlari borligi haqida yozgandi.

















