Elektrotexnika sanoatini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çoralar haqidagi prezident qarorining Savdo-sanoat palatasiga kiritilgan loyihasida maişiy texnika importiga oid band mavjud bölmagan.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, 18 turdagi maişiy texnika tovarlarini import qilişda işlab çiqaruvçining Özbekistonda rasmiy dileri va servis xizmati mavjud bölişi haqidagi talab qarorga keyinroq qöşib yuborilgan.
- “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida”gi qonunning 22-moddasiga binoan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari majburiy tartibda SSP bilan kelişilişi lozim.
Bundan taşqari, yuqoridagi qaror loyihasi Özbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşiga kiritilmagan.
- Prezidentning 2023 yildagi tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga doir qaroriga asosan, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan ötkazişdan oldin Jamoatçilik kengaşi muhokamasidan ötkaziş belgilangan edi.
Kun.uz avvalroq maişiy texnika importiga doir yangi norma qarorning Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza uçun kiritilgan loyihasida ham mavjud bölmagani haqida xabar bergandi.
Adliya vazirligi, şunga köra, taşabbuskor (Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) tomonidan bu norma tartibga soliş ta’sirini baholaşdan ötkazilganmi-yöqmi, bundan bexabar ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda dilerlik va servis markazlarini oçmagan xorijiy işlab çiqaruvçilarning tovarlarini import qiliş çeklovi televizor, kir yuviş maşinasi, konditsioner, dazmol kabi jami 18 turdagi maişiy texnikalarga taalluqli.











