Qayd etilishicha, samarali antenatal parvarishda “Ayollar maslahatxonasi” va “Tibbiyot brigadasi” a’zolarining o‘zaro uyg‘unlikdagi faoliyatini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Demografik o‘sishning ijobiy boshqaruvini ta’minlash tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • homiladorlikka monelikni aniqlash bo‘yicha talablarni va tibbiy hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish;
  • qarindoshlar orasida, erta (15-16 yosh) va kech (35 yoshdan keyin) hamda tez-tez va ko‘p tug‘uruqlar oldini olish dasturini ishlab chiqish mo‘ljallangan.

Tug‘uruq o‘rinlar soni bosqichma-bosqich yana 4,3 mingtaga ko‘paytiriladi.

Tug‘uruq muassasalari mutaxassislarining “Bexatar onalik” klinik protokollari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari tizimli oshiriladi.