Oldinroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Toşkent şahri havosining ifloslaniş sabablari va körilişi kerak bölgan çoralar haqida tahlillarini e’lon qilgan edi. Vazirlik şaharni ifloslayotgan manbalar haqida batafsil Gazeta.uz’ga ma’lumot bergan.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi
Naşrning vazirlikka tayanib yozişiça, Toşkent atrofida kömirdan foydalanadigan issiqxonalar sabab “yaşil halqa” örniga “kulrang halqa” hosil bölgan. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida iqtisodiyot tarmoqlarining kömirga bölgan talabi ortib borayotgani, xususan, issiqxona xöjaliklarining kömir yoqilğisidan foydalanişga ötkazilgani körsatilgan.
Kömirda işlaydigan issiqxonalar va Angren IES
Qayd etilişiça, oxirgi beş yilda iqtisodiyotda kömir iste’molining ösiş sur’ati 22 foizdan oşgan. Agar 2018 yilda 6,8 million tonna iste’mol qilingan bölsa, 2022 yilda 8,3 million tonnadan ortgan.
“Poytaxt atrofida “yaşil halqa” örniga haqiqatda issiqxona xöjaliklaridan iborat “kulrang halqa” şakllandi va ular kömirdan foydalanişga ötgandan söng atrofdagi hududlar, şu jumladan, poytaxtning havo sifatiga nihoyatda salbiy ta’sir körsatmoqda”, — degan vazirlik.
Vazirlik tahliliga köra, sönggi beş yilda issiqxonalar soni 2,5 barobarga yetdi (Toşkent viloyatida — 2 barobar) va bu issiqxonalarning 60 foizi isitiş tizimining asosiy manbai sifatida kömirdan foydalanmoqda.
Bundan taşqari, 2018 yildan 2023 yilgaça Toşkent viloyatidagi Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasida kömirdan foydalaniş 2 barobarga oşdi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, 10 tonna kömir yoqilganda 220 kg qurum, 360 kg oltingugurt oksidi, 80 kg uglerod va azot oksidi hosil böladi.
Mazutdan foydalanişning oşişi
















