Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Toşkent atmosferasi ifloslanişi böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi. Havoning buzilişiga tabiiy va antropogen omillar sabab bölgani aytilgan.

Vazirlik quyidagi sabablarni keltirgan:

Jumladan, Toşkentda yaşil hudud kamaygan. Xususan, daraxtlar va butalar kesilişiga e’lon qilingan moratoriy davrida 49 mingga yaqin daraxtlar noqonuniy kesilgan.

Şaharsozlik boş rejalari tasdiqlanmasdan, quriliş işlari betartib amalga oşirilmoqda. Xususan, Toşkent şahrida bir neça marta quriliş işlarini amalga oşirmaslik böyiça moratoriy e’lon qilingan bölsa-da, qurilişlar hanuz davom etmoqda.

Avtotransport vositalari soni ortib bormoqda. Transport vositalarining ekologik darajasi, foydalanilayotgan yoqilği va yöl harakatini taşkil etiş sifatiga boğliq bölib qolmoqda. Jumladan, Respublika böyiça avtomobillar soni 2021 yilda 3,14 mln donani taşkil etgan bölsa, 2023 yilda ularning soni 4,6 mln donaga yetdi. Bugungi kunda Toşkent şahrida bir kunda örtaça 730 mingta avtotransport vositasi harakatlansa, qöşimça ravişda hududlardan 160 mingdan 300 minggaça avtotransport vositasi kirib kelmoqda. Xalqaro standartlarga töğri kelmaydigan A-80 markali benzindan foydalanayotgan texnika vositalari esa atmosferaga me’yoridan ortiq zararli taşlamalar çiqarmoqda.

Şaharlarda transport va piyodalar oqimining kesişmalari soni kamaytirilmagan, magistrallardagi yuklama darajasi pasaytirilmagan, transport oqimi tarkibini, tezlik rejimini tartibga soliş sikli optimallaştirilmagan, yöl harakati töğri taşkil etilmagan. Natijada Toşkent şahrida tirbandlik holatlari köp kuzatilmoqda. Tirbandlikda töxtab turgan avtomobil esa harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan atmosferaga köproq taşlama çiqaradi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bölgan talabi ortişi natijasida uglevodorodlardan, jumladan, kömir yoqilğisidan foydalaniş hajmi ortmoqda. Xususan, 2019 yilda 3,9 million tonna kömir yoqilğisidan foydalanilgan bölsa, 2022 yilda bu raqam 5,3 mln tonnaga, 2023 yil yakuniga köra esa 6,7 million tonnaga yetgan. Kömir yoqilğisini qazib oliş, taşişdan to foydalanişgaça bölgan jarayonda ajralib çiquvçi ifloslantiruvçi moddalar esa atrof-muhit, jumladan, atmosfera havosi, tuproq va suv resurslari ifloslanişiga olib kelmoqda.