Tuman/shaharlar darajasida ixtisoslashgan yordam hajmini ko‘paytirish orqali tuman/shahar aholisining viloyat markazlariga tibbiy yordam olish borasidagi murojaatlarini 50 foizgacha (yiliga o‘rtacha 7 foizdan) qisqartirish rejalashtirilmoqda.
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, respublika va viloyat darajasida bajariladigan tashxislash va davolash amaliyotlari bosqichma-bosqich tuman (shahar) darajasida amaliyotga joriy qilib boriladi.
Har bir markaz tomonidan yiliga 4-8 turda tashxislash va davolash usullarini tuman (shahar) darajasida amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.
















