Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyat tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar ulushi oshiriladi
O‘zbekistonda viloyat tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar ulushini 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu - «Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga ko‘ra, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil qilinadi va hududlarga tashriflar reja-jadvali tasdiqlanadi.
Ishchi guruhlar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha markazlarda bajariladigan 10 turdagi amaliyotlar viloyat tibbiyot muassasalariga tatbiq etiladi.
Hududlarga tashrif buyurgan ishchi guruhlar tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha viloyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi inventarizatsiya qilinadi.
Har yili kelgusi yil uchun viloyat tibbiyot muassasalari uchun tibbiy asbob-uskunalari hamda sarflov vositalari uchun ehtiyoj aniqlanadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga taqdim qilib boriladi.
Markaz hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan viloyat tibbiyot muassasalari tibbiy asbob-uskunalar hamda sarflov vositalari bilan rejali ravishda ta’minlanadi.
Viloyat tibbiyot muassasalari bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar ulushi quyidagicha oshiriladi:
- 2024 yil 30 foizga;
- 2025 yil 31 foizga;
- 2026 yil 32 foizga.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
22:36 / 21.05.2026