Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda savdo do‘konidan 164 qop iste’molga yaroqsiz un mahsuloti aniqlandi
Buxoro viloyatida iste’molga yaroqsiz un mahsulotini savdoga chiqarilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda «K.B.» MChJ rahbari J.N. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, «M.» savdo belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molga yaroqsiz un mahsuloti savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, MChJ savdo do‘konidan 164 qop iste’molga yaroqsiz un mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
14:01 / 25.06.2026
Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11:50 / 17.06.2026
FVB tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:14 / 14.06.2026