Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada suv ta’minoti nazoratchisini haqorat qilgan shaxs 10 sutkaga qamaldi
Farg‘onada uy egasi suv bo‘yicha qarzdorlikni so‘rab kelgan nazoratchi ayolni so‘kib, urmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqalgandi.
«Farg‘ona suv ta’minot» MChJ nazoratchisini haqorat qilgan shaxsga chora ko‘rildi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 25 yanvar kuni «Farg‘ona suv ta’minot» MChJ Quvasoy shahar filiali nazoratchi xodimi B.S. (ayol) «Cho‘lpon» MFY Ko‘kterak ko‘chasi 37-uyning ichimlik suvidan muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish uchun borgan. Shu uyda yashovchi 35 yoshli A.G uni jamoat joyida haqorat qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan A.G.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.
Sud fuqaro A.G. nisbatan yuqoridagi moddaga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026