Davlat rahbari ekologiya sohasidagi dolzarb masalalarni tahlil qildi.

2020 yildan buyon hududlarda 22 mingta yangi sanoat korxonasi işga tuşdi, bu davrda qariyb 250 ming yangi uy-joylar qurildi.

Bugungi kunda sanoat korxonalari va avtomobillardan atmosferaga yiliga 2 million tonnadan ziyod ifloslantiruvçi moddalar çiqmoqda.

Ayniqsa, poytaxtda, Olmaliq, Nurafşon, Ohangaron, Angren, Bekobod va Quvasoy şaharlarida havodagi ifloslantiruvçi moddalar miqdori boşqa hududlarga nisbatan ança köp.

Ekologiya va iqlim vaziri Aziz Abduhakimov

Hududlardagi ayrim korxonalarda haligaça 10 yildan ortiq işlatilayotgan çang-gaz tozalaş uskunalari mavjudligi qayd etildi.

Sanoat korxonalari «oyoqqa turişi» uçun köplab yengillik va imtiyozlar berilgani, lekin ayrim korxonalar na soliqlar tölaşni, na atrof-muhitni himoya qilişni öylayotgani körsatib ötildi.

Aksariyat hollarda quriliş obektlari va loyihalari ekologik ekspertizadan ötkazilmasdan amalga oşirilyapti.

Şu munosabat bilan 1 apreldan boşlab har bir hududning havo, suv va atrof muhitni ifloslaniş darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinişi belgilandi.

Atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologiya va iqlim özgarişi vazirligiga hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga:

  • joylarda ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça har bir tuman va şaharning «master-reja»sini işlab çiqiş;
  • yil yakunida hudud va tarmoqlarning ekologik reytingi va ekologik pasportini e’lon qilib boriş topşirildi. Natijalari böyiça hokimlar aholiga murojaat qilişi belgilandi.

Toşkent va Nukus şaharlari, viloyat markazlari hamda sanoatlaşgan 20 ta tumanda avtomatik havo monitoringi stansiyalarini örnatişni boşlaş vazifasi qöyildi.

Yil yakuniga qadar 112 ta yirik sanoat korxonasi va barça sement işlab çiqaruvçilarda zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunalari örnatiş va eskilarini almaştiriş, havoga çang taşlaş darajasi yuqori bölgan korxonalarda filtrlarni yangilaş muhimligi ta’kidlandi.

Yirik quriliş materiallari, energetika, metallurgiya korxonalari tomonidan 5 gektardan «yaşil belboğ» yaratib, jami 10 million tup daraxt ekiş taşkil etiladi.