O‘zbekiston | 12:58 / 30.01.2024
26940
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

2019 yil kuzidan buyon viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Shuhratjon Sotvoldiyev lavozimini tark etgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu haqda viloyat hokimligida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ishtirokida o‘tkazilgan tayinlov tadbirida ma’lum qilingan.

Abduvohid Ismoilov 1965 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Muqaddam Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2019 yil oktyabr oyida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Qashqadaryo viloyati IIBga 2019 yil oktyabridan buyon Shuhratjon Sotvoldiyev rahbarlik qilayotgandi. U bu lavozimga aynan Surxondaryo viloyati IIB rahbarligidan (2017 yil mayidan Surxondaryo viloyati IIBda boshliq bo‘lgano‘tgandi. 2022 yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Sotvoldiyev qat’iy ogohlantirilgandi.

Shuhratjon Sotvoldiyev

Ayni vaqtda Sotvoldiyevning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, endi Ismoilov o‘rniga Surxondaryo viloyati IIBga kim boshliq bo‘lishi ham aniq emas.

Mavzuga oid