Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz şahrida yaşovçi erkak yoş farzandini urib, şafqatsiz munosabatda bölayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Boş prokuratura matbuot xizmati dastlabki ma’lumotlarni oçiqladi.
Unda aytilişiça, mazkur videodagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan örganilganida, holat Termiz şahrida sodir bölgani aniqlangan.
Hozirda uşbu videoda tasvirlangan holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
“Tekşiriş natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinişi va bu haqida qöşimça ma’lumot berilişi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Samarqand viloyatida ikki yoşli bolasini urib, uni qiynagan ayolga ikki yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi berilgandi.












