Hospislarda og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatiladi.
Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, hospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatiga doimiy ko‘maklashish loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar e’lon qilib borish va moliyalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Bu vazifa ijrosini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuklatish taklif etilgan.
Bolalarning dardini yengillashtiruvchi maskan — O‘zbekistondagi ilk hospisdan reportaj







