Pedagogning huquqlari, şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obrösi davlat himoyasi ostida böladi. Bu haqda prezidentning «Pedagogning maqomi töğrisida»gi qonuni imzolandi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yaraşa haq tölaş, rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş tamoyillari belgilandi. Pedagogning huquqlari, şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obrösi davlat himoyasi ostida böladi.

Umumiy örta ta’lim taşkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boşlayotgan şaxsga bir öquv yili davrida murabbiylikni amalga oşiriş uçun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga köra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

  • pedagogni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, şu jumladan hududlarni obodonlaştirişga va qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş;
  • pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bölmagan hisobotlarni va boşqa ma’lumotlarni, şu jumladan bitiruvçilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni şakllantirişini va taqdim etişini talab qiliş;
  • pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib oliş majburiyatini yuklaş, şu jumladan iş haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uçun mablağ uşlab qoliş.

Uşbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.