Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4 fevraldan amal qiladi
O‘zbekiston fuqarolari 4 fevraldan Eronga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kungacha sayohat qilishlari mumkin.

Foto: AP
O‘zbekiston fuqarolari 4 fevraldan e’tiboran Eronga 15 kungacha vizasiz sayohat qilishlari mumkin, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ali-Reza Bigdelining ma’lumotlariga ko‘ra, 28 ta davlat fuqarolari uchun viza olish talabi bekor qilingan. Ushbu mamlakatlar: Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Bahrayn, Kuvayt, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tunis, Tanzaniya, Mavritaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Yaponiya, Indoneziya, Singapur, Kuba, Vetnam, Kambodja, Bruney, Braziliya, Meksika, Peru, Xorvatiya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Belarus va Hindiston.
O‘z navbatida, Hindiston fuqarolari Eronga havo transportidan foydalangan holda kirgandagina vizasiz rejim amal qiladi, quruqlikdagi chegaralar orqali kirmoqchi bo‘lsa, viza olishlari kerak.
Avvalroq, Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni ma’qullagani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, BAA ham 16 fevraldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

18:57 / 11.08.2025
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi

07:41 / 11.08.2025
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi

20:36 / 09.08.2025
Eron Zangezur yo‘lagini AQSh nazoratiga o‘tkazmaslikka va’da berdi

19:10 / 09.08.2025