8 fevral kuni soat 03:45 dan beri qoldirib, parvoz vaqti 6 soatdan ham oshib ketgan Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviaqatnov uchun charter reys qo‘yiladi.
Uzbekistan Airportsʼning xabar berishicha, “Aeroflot” kompaniyasi yo‘lovchilarini olib ketish uchun poytaxt aeroportidan ucha olmagan SU1871 samolyotini almashtirib, parvozni SU7774 charter reys bilan amalga oshiradi.
Aeroportlar xizmati, parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni aviatashuvchidan olish mumkinligini qayd etgan.








