ĞAZODAGI VAZIYaT

Ğazodagi Isroil agressiyasi qurbonlari soni 27 ming 708 nafarga yetgan. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, yaradorlar soni 67 ming kişidan oşgan.

BMT Bolalar fondi — UNICEF ma’lumotlariga köra, Isroil Ğazo sektoriga aviazarbalarni bera boşlaganidan buyon 17 ming bola yetim qolgan. 7 oktyabrdan buyon Ğazoda öldirilgan 27 ming falastinliklardan 40 foizi yoş bolalardir.

«Halokatli gumanitar vaziyat davom etayotgan ommaviy qirğinlar, tanlab ötirmasdan bombardimon qiliş, joydagi qotilliklar tufayli tobora oğirlaşmoqda», — degan HAMAS yetakçisi Usoma Hamdan.

Usoma Hamdan Isroil oçgan uruş xalqaro hamjamiyatning ojizligi va ikki tomonlama standart böyiça iş körinişini körsatib qöygan. Unga köra, Ğazo sektorida agressiyasini töxtatiş va Falastin xalqining huquqlarini tan oliş — mintaqadagi barqarorlikning yagona şarti.

Isroil HAMAS tomonidan garovga olinganlarning 31 nafari halok bölganini tasdiqladi. Garovda yana 80 nafar isroillik qolgani taxmin qilinmoqda, degan TsAHAL spikeri Daniel Hagari.

The New York Times naşri Isroil razvedkasiga tayanib, garovga olingan 32 nafar isroillikning ölimi haqida yozgan edi. Ularning 30 nafari 7 oktyabrda boşlangan HAMAS va Isroil örtasidagi uruş paytida, 2 nafari esa 2014 yilda, avvalgi mojaro paytida halok bölgan va şundan beri ularning jasadi Ğazo sektorida saqlanmoqda. 

BARBOD BÖLGAN KeLIŞUV

HAMAS Isroil bilan 135 kunlik yaraşuv rejasini taklif qilgan edi. Ammo bu sulh kelişuvi amalga oşmaydiganga öxşayapti.

Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça 45 kunlik uç bosqiçli reja tayyorlangan. Nazarda tutilişiça, bu vaqt içida garovda uşlab turilganlarning barçasi ozod qilinadi, Isroil öz qöşinlarini sektordan olib çiqadi, halok bölganlarning jasadlari almaşiladi.

Şundan söng Ğazo sektorini qayta tiklaş boşlanadi va nihoyat, uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişiladi.

Isroil HAMAS tomonidan taklif etilgan öt oçişni töxtatiş rejasiga «heç qaçon rozi bölmaydi», — deb xabar bermoqda NBC Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu hukumatiga yaqin manbalariga asoslanib.

Bu orada Isroil armiyasi Misr va Ğazo sektori çegarasidagi Rafah şahridagi janglarga tayyorgarlik köriş topşiriğini olgan. Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ta’kidlagan.