Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
U fuqarodan bu “xizmati” uchun 2 ming dollar va 20 mln so‘m olganda ushlangan.
Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Sh.A.” MChJ rahbari Sh.T. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni Qirg‘izistondagi universitetga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishini, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishni va’da qilgan. U mazkur “xizmati” evaziga 2 ming dollar va 20 mln so‘mni olgan vaqtida departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Sirdaryoda fuqarolarni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026