Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mehnat migratsiyasi agentligi hodisa tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mushtlashuv 2024 yil 8 fevral kuni Moskva viloyatidagi “Wildberries” omborxonasida bir guruh ishchilar va qo‘riqchilar o‘rtasida yuz bergan.
“Mahalliy politsiya xodimlari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan”, deyiladi xabarda.














