Yangi boş qömondon Oleksandr Sirskiy uçun vaziyat ança oğir – Ğarbning yordami keskin kamayib ketgan. Ukraina esa strategik hujum qurollarisiz yerlarini qaytarib ololmaydi. Hozirgi holatda yo Zelenskiy qömondonlik oldiga qöygan ğalaba qozoniş talabini özgartirişi kerak, yoki Ukrainada siyosiy inqiroz kuçayib boradi, deydi siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy istefoga çiqarildi. Volodimir Zelenskiy general-polkovnik Oleksandr Sirskiyga işonç bildirdi. Kun.uz muxbiri bu özgariş böyiça savollarga siyosiy tahlilçi Kamoliddin Rabbimovdan javob oldi.
— Prezident Zelenskiy va Zalujniy örtasidagi kelişmovçilikning sababi nima edi?
— Ukrainalik ekspertlar fikriga qaraydigan bölsak, asosan 2 ta fikr aytilyapti: şaxsiy munosabatlar yoki uruş bilan boğliq harbiy strategik, siyosiy vaziyat. Mening nazarimda, asosiy sabab 2023 yil boşida juda köp aytilgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uçragan qarşi hujum. Ötgan yili yil boşlarida kollektiv Ğarb Ukrainaga har oyiga 5 mlrd dollardan yordam berdi, ammo yil oxiriga kelib bu 250 mln dollarga tuşib qoldi. Yaqin Şarqdagi konflikt boşlangaç, kollektiv Ğarb va dunyo hamjamiyatining e’tibori Ukrainadan tortildi.
Ukraina yil oxirigaça Ğarb yordami bilan bosib olingan yerlarni qaytarib olamiz, degan edi. Ammo bu amalga oşmadi. Buning bir qança sabablari bor. Rossiya tomoni bosib olingan yerlarni saqlab qoliş uçun bir neça oy davomida jiddiy tayyorgarlik kördi va bu öz natijasini berdi. Mana şu muvaffaqiyatsizlikdan söng Ukraina siyosiy elitasida inqiroz boşlangan edi. Zalujniyning lavozimidan ketişi haqidagi gaplar 2023 yilning sönggi çoragida tarqalgan edi. Zelenskiy va Zalujniyning munosabatlari tarang ekani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Orada Zalujniyning Ğarb matbuotida bir neçta maqolalari çop etildi va prezident va qurolli kuçlar boşliği örtasidagi uruşni olib boriş borasidagi tafovutlar yuzaga çiqdi. Zelenskiy siyosatçi sifatida, Zalujniy esa harbiy sifatida fikrladi, ya’ni Zalujniy kerak joyda çekinib, imkoniyat bölganda boşqa joydan zarba beriş, yöqotişlarni kamroq qilişga uringan, Zelenskiy esa bir qariç yerni ham bermasdan uruş olib boriş tarafdori bölgani ehtimoli katta.
Oxirgi vaqtlar ikki şaxs örtasidagi ziddiyat tobora kristallaşib borayotgan edi. 2-3 hafta oldin Zelenskiy Zalujniyga işdan böşaşini aytgan, ammo u rozi bölmagan, şuning uçun hozir Zalujniy prezident farmoni bilan emas, mudofaa vaziri buyruği bilan işdan olinyapti.












