Ijtimoiy tarmoqlarda maktab darslariga sababsiz qatnaşmayotgan öquvçilarning ota-onasiga yuborilgan ogohlantiriş xati namunasi tarqaldi. Unda bolalarning ta’lim olişiga ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxs tomonidan tösqinlik qilişi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga köra, BHM 10 baravaridan 15 baravarigaça (3,4 mln söm – 5,1 mln söm) miqdorda jarima, bu huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHM 15 baravaridan 25 baravarigaça (5,1 mln söm – 8,5 mln söm) miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga sabab bölişi keltirilgan.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova bunday ogohlantiriş xati haqiqatan ham yuborilayotganini tasdiqladi.
Uning eslatişiça, davlat rahbari topşiriğiga köra, maktablardagi inspektor-psixolog ştati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga ötkazilgan. Ularning asosiy vazifasi, öquvçilarning ta’lim-tarbiyasini taşkil etişda maktab jamoalariga yaqindan kömaklaşiş, muntazam dars qoldiruvçi öquvçilarning ota-onasi bilan işlaşdan iborat.
«Şu maqsadda darslarga muntazam (uç öquv kuni va undan ortiq) sababsiz qatnaşmayotgan öquvçilarning yaşaş manzillariga tezkor ravişda «Ogohlantiriş xati» yuborilmoqda. Unda öquvçilarning ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga Özbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi mazmun-mohiyati tuşuntirib ötilgan... Bundan közlangan maqsad, darsda iştirok etmayotgan öquvçilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligini oşirişdan iborat», deyiladi izohda.
















