Kun.uz manbasiga köra, Ğulomov 2024 yilning 13 fevral kuni soat 23:00larda qölga olingan.
U Buxoro viloyati prokuraturasi iş yurituvidagi «Kogon yoğ-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi böyiça qidiruvda bölgan jamiyat ta’sisçisi M.I.dan unga nisbatan qöllangan qamoq ehtiyot çorasini bekor qiliş va jinoyat işi böyiça yengillik qilib beriş evaziga vositaçi orqali Buxoro şahar şoşilinç tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.
Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Buhodir Ğulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yil aprelda tayinlangan. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bölim boşliği bölib işlagan.

















