Boş Prokurorning buyruğiga asosan Bahodir Ğulomov Kogon tumani prokurori lavozimida iş boşladi. U tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokuraturasi sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi boşliği lavozimida işlagan.

Kogon tumanining sobiq prokurori Bekzod Yaraşev Şofirkon tumani prokurori lavozimiga tayinlangan.

Şofirkon tumani prokurori Abbos Eşmurodov esa Boş prokuratura voyaga yetmaganlar haqidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimiga ötkazilgan.
















