Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda elektr energiya, Samarqandda tabiiy gaz o‘g‘irlagan shaxslarga jinoiy ish ochildi
Har ikki gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokuratura ikki hududda yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon viloyatidagi “A.G.A.G.” MChJ rahbari Sh.A. Asaka tumani Niyozbotir mahallasi hududida joylashgan uzum bog‘ini sug‘orish maqsadida noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. U bu orqali noqonuniy ravishda 264,1 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Samarqand viloyatidagi “S.I.” oilaviy korxonasi rahbari S.R. esa Pastdarg‘om tumanining Kamolot mahallasi hududida joylashgan issiqxonada tijorat maqsadida, noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida u noqonuniy ravishda 443,3 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Oldinroq Samarqandda elektr va gazdan noqonuniy foydalangan iste’molchilar tizimga 5 mlrd so‘m zarar yetkazgani, Toshkent viloyatida ikkita issiqxona 577 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026