13 fevral kuni tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxona vakillari ishtirokida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan tadbirkorlardan biri: “Prezidentning 2023 yilgi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarida endilikda tadbirkorlik sub’yektlari uchun subsidiya va imtiyozlar faqatgina reyting asosida ajratiladi deyilgan ekan, bundan keyingi imtiyozlarni biz faqat reyting asosida olamizmi?” deya savol berdi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning aytishicha, tadbirkorlarga avvaldan normativ huquqiy hujjatlar bilan berilgan imtiyozlar ham reytingga bog‘lanadi.
“Har xil sohalarga berilgan imtiyozlar natijasida umumiy tizim shakllanmayapti. Biz dehqon oyoqqa tursin deyapmiz-da, QQSni bekor qilyapmiz. Chorvachilik bilan shug‘ullanadiganlar 100 gektar yer olyapti-da, 1 litr sutni realizatsiya qilmayapti. Lekin yer nega berilgan – ozuqa bazasini shakllantirish uchun. Har xil imtiyozlar shakllangan, shu sababli bir joyga yig‘ib turib, 568 mingta tadbirkorlik sub’yekti bo‘lsa, bir-biri bilan bog‘lanadigan preferensiya bo‘lsa, hammani teng holatga olib chiqadi”, – dedi Vahobov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqori reytingga ega tadbirkorlar oladigan imtiyozlar barcha sohadagi sub’yektlarga ham kerak bo‘lavermasligi mumkin, lekin ular yuqori reyting natijasida boshqa qulayliklardan foydalana oladi.
“Soliq qo‘mitasi aynan savdo xizmatlariga qanday reyting joriy qiladi? AAA reytingiga chiqqanda sizga QQS qaytishi shart emas, menga nima kerak reyting deydigan bo‘lsangiz, siz soliqlarni, ishchilarning oyligini o‘z vaqtida to‘lasangiz, AAA reytingida yurasiz va bu eshigingizdan soliqchi hujjatsiz kira olmaydi degani.
Oldingi yig‘ilishda lizing kompaniyasi qurilish sohasiga taklif berdi. Imtiyozli kreditlarni reytingi yuqori tadbirkorlarga beringlar, dedi. Tarixi yaxshi, hisobotlari yaxshi, o‘z vaqtida kreditini to‘lagan bo‘lsa, garov ta’minotini so‘rab, 21 foiz emas, 18 foizda bering, [dedi]. Shunga o‘xshab asta-sekin hamma narsani bog‘laymiz. Bora-bora sud tizimi ham integratsiya qilinadi. Siz kimgadir mahsulotingizni sotayotgan bo‘lsangiz, u 3-4 marta iqtisodiy sudda kimdir bilan sudlashib yurgan bo‘lsa, siz undan ehtiyot bo‘lasiz”, – dedi Davron Vahobov.
Aytish kerakki, “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 39-sonli prezident
















