Oilaviy mehribonlik uyining tarbiyalanuvçilari bölgan voyaga yetmagan qizlar bilan jinsiy aloqa qilgani uçun ayblangan Xorazm viloyati adliya boşqarmasining sobiq boşliği Oybek Maşaripov va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi sobiq boşliği Anvar Kuryazov jazoni manzil-koloniyada ötayotgani ma’lum böldi.

Kun.uz manbasiga köra, Oybek Maşaripov Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 128-moddasi 1-qismi (16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) va 128-1-moddasi (16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan şaxsga moddiy qimmatliklar beriş yoxud uni mulkiy manfaatdor etiş orqali u bilan jinsiy aloqa qiliş)da nazarda tutilgan jinoyatda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi tartibida tayinlangan yengilroq jazoni oğirroği bilan bilan qoplaş yöli bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Maşaripovning 2023 yil 21 yanvardan 2023 yil noyabrga qadar öz uyida ötagan 9 oy 11 kun ozodlikdan çeklaş jazosi har bir kuni ozodlikdan mahrum qiliş jazosining bir kuniga tenglaştirilib, tayinlangan jazodan çegirilib, uzil-ketiş ötaş uçun 2 yil 2 oy 19 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qoldirilgan.

Anvar Kuryazov ham Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 128-moddasi 1-qismi va 128-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Kuryazovning 2023 yil 19 yanvardan 6 aprelga qadar öz uyida ötagan 2 oy 17 kun ozodlikdan çeklaş jazosi bir kuni ozodlikdan mahrum qiliş jazosining bir kuniga tenglaştirilgan hamda tayinlangan jazodan çegirilib, uzil-kesil ötaş uçun 2 yil 9 oy 13 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qoldirilgan.

E’tiborlisi, har ikki sudlanuvçiga jazoni manzil-koloniyada ötaş belgilangan.

Jinoyat ijroiy kodeksining 114-moddasiga köra manzil-koloniyalarda mahkumlar:

– soqçisiz, ammo nazorat ostida saqlanadi;

– ertalab örindan turişdan keçki yotişgaça bölgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yuriş huquqidan foydalanadi;

– agar ular bajarayotgan iş yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan taşqarida nazoratsiz yurişlari mumkin;

– fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradi;

– pul va qimmatli buyumlarni saqlaşi, ulardan çeklanmagan miqdorda foydalanişi mumkin;

– işdan böş vaqtda çeklanmagan miqdorda telefon orqali sözlaşişlari, posilka, yöqlov va banderollar olişlari hamda jönatişlari mumkin;