Xorazm viloyati adliya boşqarmasi sobiq boşliği Oybek Maşaripov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bölimi sobiq boşliği Anvar Quryazov boşqatdan sud qilinadi.
Ular Urganç şahridagi oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgan. Xiva tuman sudi mehribonlik uyi mudirasiga 5,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini bergan, ikki davlat amaldoriga esa 1,5 yilga ozodlikni çeklaş (tungi vaqtda uyida böliş) jazosi bilan kifoyalangan edi.
Sudlanuvçilarning uçalasi ham Xorazm viloyati sudiga apellsiya bergan, 2022 yil 27 dekabrda apellyatsiya sudi hukmni özgarişsiz qoldirgan.
Voqea oşkor bölib, yengil jazo rezonansga sabab bölgaç, Oliy sud 1 aprel holatiga iş böyiça heç qanaqa şikoyat kelib tuşmaganini ma’lum qilgan, Boş prokuratura esa ikki sobiq amaldorga berilgan jazoni yengil deb hisoblab, 29 martda protest kiritilganini bildirgandi. 3 aprel, duşanba kuni Oliy sud protestni qabul qilib olganini ma’lum qildi.
Bugun, 6 aprel kuni Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati 27 dekabrdagi ajrimning Maşaripov va Quryazovga oid qismini bekor qilib, işni yangitdan apellyatsiya instansiyasida körişga yuboriş töğrisidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protestini yopiq sud majlisida körib çiqib, qanoatlantirdi.
Eslatib ötamiz, şu kunlarda Xorazmda voyaga yetmagan qizni 11 erkak zörlagani haqida ham xabarlar bor. Pedofillar “IIBga aloqador odamlar” ekani aytilmoqda. Avgust oyida röy bergan holat internetda endi yoyilişi ortidan, voqeaga bolalar ombudsmeni e’tibor qaratdi va 3 kişi hibsga olindi.
Şuningdek, Qaşqadaryoning Çiroqçi tumanida 52 yoşli şaxs mehribonlik uyidan asrab olingan 13 yoşli qizni zörlab, homilador qilib qöyganlikda ayblanyapti. Bu boradagi sud 7 aprel kuni boşlanadi.
Yeng uçida tergov va adolatsiz hukm. Xorazmdagi pedofil-amaldorlar qanday jazoga loyiq edi?

















