Toşkent şahrida tutqanoği tutib katta köça yoqasida yiqilib yotgan fuqaroga YPX xodimi yordam bergan. IIV axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 13 fevral kuni sodir bölgan va holat atrofdagi kuzatuv kameralariga tuşib qolgan.

Fuqarolardan biri Yakkasaroy tumani Kiçik halqa yöli köçasi böylab ketayotganda birdan tutqanoği tutib qolgan va yiqilib tuşgan.

U köçada yotar ekan, öşa atrofda bölgan odam va köçadan maşinada ötayotgan haydovçilardan heç kim unga yordam bermagan.

Şu payt YPX xodimlari yotgan odamni körib qolib töxtaşgan va xodimlardan biri unga yordam bergan.

Keyinçalik ma’lum bölişiça, xodim kiçik serjant Javohirbek Tovaşarov bölgan. U bemorga dastlabki yordamni körsatgaç, uni şifoxonaga olib bormoqçi bölgan.

Biroq öziga kelgan bemor dorisi tugab qolgani uçun tutqanoği tutib qolganini aytgaç, unga kerakli dorilarni olib berib, manziliga yetkazib qöygan.