15 fevral kuni Jizzax viloyati Döstlik tumanidagi mahallalarning birida joylaşgan oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçisi nazoratsiz qolişi oqibatida köçaga çiqib ketib, vafot etdi. Bu haqda Maktabgaça ta’lim agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Agentlik «Gazeta.uz» söroviga javoban aniqlik kiritişiça, öşa kuni tarbiyaçilar bolalarni qarovsiz qoldirgani ortidan köçaga 2–3 nafar bola çiqib ketgan. Ulardan biri köçadagi ariqqa tuşib ketgan va vafot etgan.

«Hozirda mazkur oilaviy maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyatini tugatiş yuzasidan akt qilinmoqda», deydi agentlik matbuot xizmati rahbari Movluda Asqarxöjayeva.

Jizzax viloyati prokuraturasi ham voqea böyiça munosabat bildirdi, unga köra, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.

«Vafot etgan bola boğçaga noqonuniy tartibda qatnagan»

Maktabgaça ta’lim agentligining qayd etişiça, mazkur oilaviy maktabgaça ta’lim taşkiloti 2020 yil 3 dekabrda taşkil topgan. 2023 yil aprel oyigaça 25 nafar bolani qabul qiladigan quvvatda faoliyat olib borgan. MTT bilan aprel oyida yangi tuzilgan bitimda esa quvvat 18 örin deb belgilangan.

Ta’limni boşqariş axborot tizimi — «Bolalar boğçasi»ga köra, 15 fevral holatiga bolalar soni 18 nafarni taşkil etişi körsatilgan. Ammo vafot etgan bola B.P. taşkilotga qatnovçi bolalar röyxatiga kiritilmagan, ya’ni noqonuniy tartibda qatnagan.