Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshaning Poznan shahrida O‘zbekiston faxriy konsullik ofisi ochiladi
Mamlakat elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Varshava shahridagi Collegium Humanum universitetiga tashrif buyurdi va oliy ta’lim muassasasi rektori, O‘zbekistonning Polshadagi faxriy konsuli Pavel Charnetskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tashrif avvalida rektor Varshavadagi bir vaqtning o‘zida 20 ming talaba o‘qishga mo‘ljallangan va eng zamonaviy o‘quv dasturlari bilan jihozlangan yangi universitet binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar mazkur universitet va uning Andijon viloyatidagi filialida o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, o‘zaro hamkorlikning keyingi shakl va mexanizmlari, shuningdek, faxriy konsulning 2023 yildagi faoliyati va 2024 yil uchun qo‘shma rejalari muhokama qilindi.
Universitet professor-akademik jamoasi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama diplom berish dasturi doirasida hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlandi.
2024 yilgi rejalar doirasida mart oyida Buyuk Polsha voyevodaligining Poznan shahrida O‘zbekiston faxriy konsulligini ochish to‘g‘risida kelishib olindi. Tantanali marosim Toshkent va Varshava o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligini keng nishonlash tadbirlari doirasida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:45 / 01.09.2025
Sidneyda avtomobil Rossiya bosh konsulligi darvozasiga borib urildi
07:34 / 14.07.2025
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi
22:40 / 07.03.2025
AQSh G‘arbiy Yevropadagi o‘nga yaqin konsulligini yopishni rejalashtirmoqda
15:50 / 23.10.2024